Yuklanmalar menejeri, yangi biriktirmalar menyusi, boshqa ilovalar orqali jonli efir va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Yuklanmalar menejeri, yangi biriktirmalar menyusi, boshqa ilovalar orqali jonli efir va boshqalar

Bugungi yangilanishda yuklanmalaringizni boshqarish uchun yangi vositalar, bitta bosish bilan hujjatlarni yuborish, media albomlarni yuborishdan oldin qayta tartiblash, kanalingizni teleefirga aylantirish va boshqalar taqdim etiladi.

Yuklanmalar menejeri

Telegram foydalanuvchilari cheksiz bulut xotirasi bilan har biri 2 GB gacha boʻlgan istalgan faylni yuborishi va ularga istalgan qurilmadan kirishi mumkin. Fayllar faol tarzda yuklab olinayotganida endi Qidiruv panelida yangi belgi chiqadi.

Ularni koʻrish va boshqarish uchun belgini bosing yoki Qidiruvda “Yuklanmalar” rukniga kiring – barcha yuklanmalar yoki alohida elementlarni pauzalang va davom ettiring hamda birortasining ustuvorligini oshirish yoki uni chatda koʻrish uchun bittasini tanlang.

Yangi biriktirmalar menyusi

Bir nechta rasm yoki video yuborishda albom yuborilganida chatda qanday koʻrinishiga razm solish va tanlangan mediani qayta tartiblash yoki olib tashlash uchun panel yuqorisidagi “Tanlandi: …” bandini bosing.

iOS ilovasida Biriktirish biriktirmalar menyusi dizayni Android ilovasiga yetib olishi uchun toʻliq yangilandi. Kamera funksiyasi endi galereyaga chiroyli integratsiya qilindi va yangi navigatsiya menyusi rasmlar, fayllar, joylashuv axborotini ulashish va boshqalarga tezkor kirish imkonini beradi.

Yangilangan Fayllar rukni oxirgi yuborilgan fayllarni koʻrsatadi va ularni nomi asosida qidirish imkonini beradi.

Android uchun yarim shaffof interfeys

Tungi rejimda chat tarixini varaqlayotganingizda fon, stikerlar va media yarim shaffof interfeys elementlari orqali nur taratadi.

Boshqa Android ilovasida bunday turdagi effektlar ishlatilganini koʻrmaganmiz. Bu yangilanish dunyodagi eng yaxshi vizual texnologiyalarni boshqa platformalardan Android ilovasiga olib keladi.

iOS foydalanuvchilari 2021-yil, iyun oyidan buyon yarim shaffof interfeys elementlaridan foydalanib kelmoqda.

Yangi hisobga kirish interfeysi

Android va MacOS ilovalarida, hisobga kirish usuli ravon yangi animatsiyalar bilan yangilandi va toʻldirildi. Android ilovasida login kodingizdagi raqamlar joyiga siljishini tomosha qiling.

MacOS uchun Telegramda “Matritsa” filmidan ilhomlanilgan QR kod orqali kirish ekrani paydo boʻldi.

Telegram ilovalari foydalanuvchilarga turli telefon raqamlari bilan bir vaqtda bir nechta hisobga kirish imkonini beradi.

Telefon raqami havolalari

Istalgan kishi Sozlamalar sahifasidan unikal @foydalanuvchi nomini yaratishi mumkin. Bu boshqalarga telefon raqamingizni bermasdan Qidiruv orqali yoki t.me/username koʻrinishida siz bilan bogʻlanish imkonini beradi.

Bu yangilanish darhol siz bilan chatni ochadigan bevosita telefon raqamingiz t.me havolasini ulashish imkonini beradi.

Telefon raqami havolalari

Telefon raqamini xalqaro formatda yozish kerak. Masalan, t.me/+998987654321.

Tabiiyki, havola maxfiylik sozlamalaringizda boshqalarga telefon raqamingiz orqali topish imkonini berganingizdagina ishlaydi.

Boshqa ilovalar bilan jonli efir

Guruh va kanallar cheksiz tomoshabinlar bilan jonli efirlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Professional blogerlar va jurnalistlar obunachilari bilan bogʻlanish uchun Telegram jonli efirlaridan tobora koʻproq foydalanayotganini sezdik.

Bu yangilanishda bir nechta ekran orasida almashish, tasvir ustiga foydali axborot qoʻshish, yashil ekrandan foydalanish uchun OBS Studio va XSplit Broadcaster kabi striming vositalaridan jonli efir qilishingiz mumkin. Boshqacha aytganda, professional teleefir uchun endi Telegram kanal boʻlishi yetarli.

Bu vositalardan strim qilish uchun guruhingizda videochat yoki kanalingizda jonli efirni boshlang, “Boshqa vosita orqali boshlash” tugmasini bosing va chiqqan axborotdan kerakli dasturga nusxa oling.

Yaxshiroq sifat uchun dasturiy kodlashdan (OBSda x264) foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Tomoshabinlaringiz strimni tomosha qilishi uchun ilovalarini oxirgi versiyaga yangilashi kerak.

Yangi t.me sahifalari

t.me/durov kabi t.me havolalari bilan istalgan kishi hatto Telegram hisob yaratmagan boʻlsa ham brauzerida postlar yoki butun ommaviy kanallarni koʻrishi mumkin.

Bu veb-sahifalar toʻliq funksiyali Telegram Web mijozidan chat fonlari va dizayn elementlarini olgan holda yangi koʻrinishga ega boʻldi.


Telegramning ko‘p millatli jamoasi tarkibida Ukrainadan ko‘plab a’zolar bor. Biz Ukrainadagi mojaro zudlik bilan tugatilishini tilaymiz. Bunday notinch kunlarda Telegramdagi ishimiz odamlarga muhim axborotlarga – tasdiqlangan rasmiy bayonotlardan tortib tinch aholi xavfsiz joyga oʻtishi uchun havo hujumi ogohlantirishlarigacha tezkorlik bilan foydalanishga yordam berayotgani bizga tasalli beradi. Bu urushdan jabrlanganlarning barchasidan qalbimiz achinadi.

Biz Telegramning qamrov cheklangan hududlardagi odamlarni oʻzaro bog‘lash va xizmat koʻrsatishdagi uzilishlarga dosh berish imkoniyatini yaxshilashda davom etamiz.


2022-yil, 11-mart
Telegram jamoasi