Bildirishnomalar tovushlari, botlar uchun inqilobiy yangilanishlar va boshqa yangiliklar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Bildirishnomalar tovushlari, botlar uchun inqilobiy yangilanishlar va boshqa yangiliklar

Bugungi yangilanishda oʻz bildirishnoma ohanglaringizni yaratish, chatlarni sukut qilish yoki xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun maxsus muddatni sozlash, shuningdek, botlar bilan chatlarda ilgari tasavvur qilib boʻlmaydigan imkoniyatlarga ega veb ilovalar, uzatilgan xabarlarda javoblarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa koʻplab yangiliklar taqdim etiladi.

Maxsus bildirishnoma tovushlari

Endi yangi xabarlar bildirishnomalari uchun istalgan tovushni, masalan, istalgan tarona parchasi, biror hazil yoki mushugingiz miyovlashini oʻrnatishingiz mumkin. Agar kerakli qisqa audiofayl yoki ovozli xabar yozishmada boʻlsa, bildirishnoma tovushlari roʻyxatiga qoʻshish va keyin uni istalgan chat uchun foydalanish uchun shunchaki uning ustiga bosing.

Telegram ohanglari barcha qurilmalar orasida sinxronlanadi va toʻliq bepul – hammasi bizga yoqadigan tarzda.

Tovushlaringizga barcha qurilmalaringizda Sozlamalar > Bildirishnomalar va tovushlar rukni orqali kirishingiz mumkin. U yerda yangi ohanglarni kiritishingiz va alohida chatlar yoki butun guruh chatlari uchun tovushlarni sozlashingiz mumkin.

Ohanglar hozirda 5 soniyadan kamroq va hajmi 300 KB gacha boʻlgan audiofayl va ovozli xabarlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bildirishnoma tovushlari kanalida jamoamiz (va ularning uy hayvonlari) tomonidan yaratilgan ayrim namunalarni sinang.

Maxsus sukut qilish muddati

Telegram foydalanuvchilari koʻp yillardan buyon chatlardagi bildirishnomalarni faolsizlantirishi mumkin, masalan, 8 soatga yoki 2 kunga. Endi bildirishnomalarni muayyan vaqtga ham faolsizlantirishingiz mumkin, masalan, dars vaqtida yoki mehnat taʼtili oxirigacha.

Yangilangan menyuda chat uchun bildirishnomalarni toʻliq yoki vaqtincha faolsizlantirish mumkin yoki tovushni faolsizlantirib, tovushsiz bildirishnomalar olishda davom etish mumkin.

Android ilovasida chatning profilida “Bildirishnomalar” yoki chatning yuqori panelida Menu Android > Sukut qilish rukniga kiring. iOS ilovasida chatning profilida “Sukut qilish” tugmasini bosing.

Profillarda yangi avtomatik oʻchirish menyusi

Suhbatlarni xavfsizroq qilish yoki chatni ortiqcha xabarlar bilan toʻldirmaslik uchun istalgan chatda Avtomatik oʻchirish funksiyasini yoqish mumkin. Endi xabarlarni avtomatik oʻchirishni yoqish yanada osonroq, taymer sozlamalari esa yanada moslashuvchan – masalan, 2 kun, 3 hafta yoki 4 oyni tanlash mumkin.

Avtomatik oʻchirish funksiyasini chat profilida Menu Android yoki Menu iOS orqali yoqing.

Yozishmani uzatganda javoblarni saqlash

Telegram javoblarni oson va harakatlanishni qulay qilgan birinchi ilovaga aylandi (2015). Biror xabarga javob berish uchun istalgan xabarda chapga suring. Javobingiz bitta bosish orqali asl xabarga tezkor oʻtishingiz mumkin boʻlgan kichik eskizni ham oʻz ichiga oladi.

Bu javob eskizlari muhokamani oʻqish qulay va hazillar tushunarli boʻlishi uchun uzatilgan xabarlarda ham saqlanadi.

Agar xabarni anonim uzatishni xohlasangiz, har doim yuboruvchining ismini yoki media izohlarini berkitishingiz mumkin.

Botlar uchun inqilobiy yangilanishlar

2015-yildan buyon millionlab odamlar fayllarni boshqa formatga oʻgirish, onlayn xarid qilish va hatto soliqlarini toʻlash uchun botlardan foydalanib kelmoqda. Telegram botlari allaqachon saytlarda avtorizatsiya qilish, 15 ta toʻlov tizim yordamida toʻlovlarni qayta ishlash (Google Pay va Apple Pay marketlarini qoʻllab-quvvatlash bilan), fikr-mulohazalar olish, foydalanuvchilarga moslashtirilgan bildirishnomalarni yuborish va boshqa imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Bugun biz bot dasturchilariga dunyodagi eng mashhur dasturlash tili bo‘lgan JavaScript yordamida cheksiz moslashuvchan interfeyslarni yaratish vositalarini berib, butunlay yangi o‘lcham qo‘shmoqdamiz. Bu bilan Telegram botlari har qanday veb-sayt o‘rnini to‘liq bosishi mumkin.

Tashqi Telegram botlaridan nima kutishni haqida tasavvurga ega boʻlish uchun namunaviy @DurgerKingBot kanalimiz bilan xayoliy fast fud buyurtma qilib koʻring.

Dasturchilar Bot API hujjatini oʻrganishi va tasavvuriga erk berishi mumkin.

Bu interfeyslar real vaqt rejimida rang mavzularini sozlash orqali foydalanuvchi mavzusiga mos kelishi uchun dasturlanishi mumkin, masalan, kun va tun rejimlari orasida almashganda yoki maxsus mavzularni sozlaganda.

Bot adminlarini tezkor sozlash

Telegram botlari qoʻshimcha funksiyalar qoʻshish, jarayonlarni avtomatlashtirish yoki moderatorlarga yordam berish orqali chatlarni boshqarish kabi kichik vazifalarni bajarishi ham mumkin. Foydalanuvchilar endi bevosita bot profilidan guruhi yoki kanaliga botlarni qoʻshishi hamda bot uchun huquq va ruxsatlarni tezkor sozlashi mumkin.

Botlarni kanallarga faqat adminlar sifatida qoʻshish mumkin, guruhlarga esa aʼzolar yoki adminlar sifatida qoʻshish mumkin.

iOS ilovasida yaxshilangan xabar tarjimalari

iOS qurilmalari uchun ilova ichidagi tarjima funksiyasi endi aniqroq ishlaydi va koʻproq tillarni, jumladan, ukrain tilini qoʻllab-quvvatlaydi. Endi Android va iOS ilovalarida bir xil tillar qoʻllab-quvvatlanadi.

Sozlamalar > Til ruknida xabarlar matnini tarjima qilish funksiyasini yoqish mumkin. Xabarni tarjima qilish uchun uni bosing va chiqqan menyuda Tarjima qilish tugmasini tanlang. Sozlamalarda tarjima qilish talab qilinmaydigan tillarni tanlash mumkin, shunda bu tillardagi xabarlar uchun Tarjima qilish tugmasi berkitiladi.

Android ilovasida yaxshilangan tasvir ustida tasvir rejimi

Telegram ilovasida bir vaqtda videolavha yoki translatsiyani tomosha qilish va chatlarda yozishmani davom ettirish uchun istalgan videoni Tasvir ustida tasvir yordamida alohida oynada ochish mumkin. Android ilovasidagi pleyerda video qoʻshimcha oynasi ravonroq boʻldi, endi uning oʻlchamini ikki barmoq bilan chimdish orqali oʻzgartirish mumkin, videoni X tugmasi bilan yopish mumkin.

Tasvir ustida tasvir videolari barcha platformalardagi Telegram ilovalarida, jumladan, iOS, macOS va Telegram Desktopda ishlaydi.

Yangi animatsiyalar

Biz hisob sozlamalarida telefon raqamini oʻzgartirish interfeysini ham yangiladik va uni animatsiyali oʻrdak yordamchi bilan boyitdik. Biriktirilgan telefon raqamini almashtirganda yozishmalar, saqlangan kontaktlar va sozlamalarni yoʻqotmaysiz, Telegramga kirish kodi esa dolzarb raqamga keladi.

Har doim hisobga kirish kodini qabul qila olish va hisobingizga kira olishingiz uchun dolzarb telefon raqamini kiritish juda muhim. Axborotni yangilash uchun hisob sozlamalarida telefon raqamingizni bosing.

Yangi animatsiyali emojilar

Bu safar animatsiyali emojilar qatori taom tasvirlari bilan toʻldirildi. Animatsiyali versiyani koʻrish uchun istalgan chatda quyidagi emojilardan birini alohida xabarda yuboring:

Telegramning ushbu yil uchun ikkinchi bahor yangilanishidagi barcha yangiliklar shular edi. Yangilanishlarni kuzatib boring!


2022-yil, 16-aprel
Telegram jamoasi